Momolikka qo‘l olish
Assalomu alaykum! Meni senglim uch yil bo‘ldiki qo‘l-oyoq, til sekin-sekin ishlamay qoldi. Doktirlarga davolatib ko‘rdik, shu vaqtgacha foydasi bo‘lmadi. Ikki yosh bolasi bor, ular onasiga qarab charchab qolgan. Opamlar “momolik qilishing kerak, momolarga atab paxta silab qo‘yish kerak” desa unamayapti. U “shayxni hamma kitoblarini o‘qiganman, bu to‘g‘risida xech qanday ma’lumot yo‘q” deydi. Duo qilib qo‘yinglar Javobingiz uchun oldindan rahmat ilmingizni Alloh ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Singlingiz to‘g‘ri aytibdi. Momolarga atab chiroq yoqish, paxta silatish kabi ishlar shariatimizda shirk hisoblanadi. Dam soldirib ko‘ringlar. «Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» deb duo qilib qolamiz. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يُعَوِّذُ بَعْضَ أَهْلِهِ يَمْسَحُ بِيَدِهِ الْيُمْنَى وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ اذْهِبِ الْبأْسَ واشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ahllaridan ba’zilarga panoh tilaganlarida o‘ng qo‘llari ila silab: «Allohumma! Robban-naasi! Izhibil ba’sa. Ishfi. Antash-shaafii. Laa shifa’a illaa shifaauka. Shifaan laa yug‘odiru saqoman», der edilar». Ikki shayx rivoyat qilganlar. Sharh: Har bir dam soluvchining bemorni o‘ng qo‘li bilan silab turib dam solishi shundan olingan. To‘g‘rirog‘i, duoni o‘qib, o‘ng kaftga dam solib, so‘ng o‘sha o‘ng kaft bilan bemorni silash kerak. Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!». (“Hadis va xayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 197 | Dolzarb savollar