Shart qo‘yishmi yoki umr savdosi?

Assalomu alaykum! Mening 2 nafar farzandim bor, ajrashganman. Yaqinda uyimizga sovchilar kelishdi. Ota-onam rozi bo‘lishdi-yu, kuyov tomonga shart qo‘yildi: farzandlarimni ham o‘z farzandlaridek qabul qilish, zagsdan o‘tish va nikoh. Biroq kuyov tomonga bu shartlarning 2 tasi maqbul kelmabdi. Ya’ni bolalarimni qabul qilish va zags. Biroq bu haqida o‘sha paytda aytmay keyin menga etkazishyapdi. Hozirda qonunlarimiz qonuniy nikohdan o‘tmasdan shar’iy nikohdan o‘tishni taqiqlaganligi barchaga ma’lum. Aytingchi kuyov tomonining e’tirozi yuzasidan dinimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda farzand har qanday holatda ham otaning farzandi hisoblanadi. Ular balog‘at yoshiga etgunlarigacha onaning qaramog‘ida bo‘lishlari mumkin. So‘ngra otaning qaramog‘iga o‘tkaziladi. ZAGSdan nima maqsadda o‘tmayotgani bizga noma’lum. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:22 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar