Yig‘lasa Allohni qaxri keladimi

Assalomu alaykum! Sizga ichimdegi gapni tushuntirishga xarakat qilaman. Agar biror kishi dunyodan o‘tsa Manga begona inson bo‘lsa ham bir necha xaftalab yodimdan chiqmasdan ichim achib yuregim to‘lib yig‘lab yuraman. Allohdan oxirati obod bo‘lishini so‘rab haqqiga duo qilaman. Lekin baribir yodimdan chiqmaydi. Yaqinda bir tanishimga aytgandim unaqa qilmasli kere Allohni qahri keladi. Keyin sani boshingayam o‘sha kun tushadi deb aytdi. Shu ishim uchun Allohni qahri keladimi? Xozir sizga yozyabman tomog‘im achishib ketyabdi. Shunaqa payt judayan tushkunlikka tushib qolaman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror musibatga yo‘liqsa yoki eshitsa mahzun inson tabiatida bo‘lishi bor. Ammo musulmon odam bunday holatda Allohga xush kelmaydigan gaplarni aytib qo‘yishdan saqlanishi kerak. Bunda bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan go‘zal o‘rnak bor. عَنْ أَنَسِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَقَدْ رَأَيْتُ إِبْرَاهِيمَ وَهُوَ يَكِيدُ بِنَفْسِهِ بَيْنَ يَدَيْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَدَمَعَتْ عَيْنَاهُ فَقَالَ: تَدْمَعُ الْعَيْنُ وَيَحْزَنُ الْقَلْبُ، وَلَا نَقُولُ إِلَّا مَا يَرْضَى رَبُّنَا، وَاللهِ يَا إِبْرَاهِيمُ إِنَّا بِكَ لَمَحْزُونُونَ. رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Batahqiq, Ibrohimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida jon taslim qilayotganida ko‘rdim. Shunda u zotning ikki ko‘zlaridan yosh oqdi va:
«Ko‘z yosh to‘kur. Qalb mahzun bo‘lur. Robbimiz rozi bo‘ladigan narsadan boshqani aytmasmiz. Ey Ibrohim! Allohga qasamki, biz sening uchun mahzunmiz», dedilar».
Ikkisini to‘rtovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar