Taqvimdagi xatolikmi?

Assalomu alaykum! Muhtaram administrator, taqvim borasida savolim bor edi.bugun 20-fevral «muslimaat.uz»da bomdod kirish vaqti 5:41, «muslima kundaligi» programmasida 5:46, «islom.uz»da 5:39 bularning qaysi biri to‘g‘ri? 31-dekabrdan buyon «islom.uz»ning taqvimida 2007-yilning taqvimi ko‘rsatayapti. 2017-yil emas. 2017-yilnikini chiqarishni iloji bormi? Yoki men tushunmayapmanmikan. Ba’zan qazo ro‘za tutayotgan inson uxlab qolib uyg‘anib niyat qilib og‘zini yopmoqchi bo‘ganda bomdod kirgan yoki kirmaganligiga ikkilanib qolyapti.
2. Aslida bomdod kirish vaqtidan qancha oldin saharlikni tugatgan afzal?
Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). 20-fevral kuni bo‘yicha muslimaat.uz sahifasida berilgan namoz vaqtlari O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan chop etilgan "Taqvim"dagi vaqtlar bilan bir xil. Muslima kundaligi dasturidagi vaqt bo‘yicha savolingizni dasturchiga yo‘lasangiz. "[email protected]" islom.uz taqvimi to‘g‘irlandi. Noqulayliklar uchun uzr. 2). Abu Rayhon Beruniy rahmatullohi alayh bizning diyorlarda quyosh erdan 18° pastdaligida bamdodning vaqti kiradi – deganlar. Etuk ulamolarimiz tajribalariga binoan ham shu vaqtda bamdodning vaqti kirishi kuzatilgan. Shu bamdod vaqtini kirishi 18°da belgilagan taqvimlarga amal qilsangiz to‘g‘ri ish qilgan bo‘lsiz. Shunda bamdod vaqti kirishidan 5-10 minut oldin eb-ichishni to‘xtatsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar