Davlat raqamini sotib olish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim mendan mashina uchun chiroyli davlat raqami olib berishni iltimos qilsayu, men boshqa odamni topib u bilan gaplashib o‘zimni haqimni ustiga qo‘yib aytsam, mening bu o‘rtakashlik  ustama pulim halol buladimi? Bu ish pora berish bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu pora berish hisoblanadi. عن عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو رضي الله عنهما قَالَ : لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّاشِي وَالْمُرْتَشِي. رواه وأبو داود Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam roshiyni ham, murtashiyni ham la’natladilar. Abu Dovud rivoyati. Roshiy pora beruvchi, murtashiy oluvchi. عن ابن عمر عن النبي صلى الله عليه وسلم: الراشي والمرتشي في النار أخرج الطبراني بسند جيد Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Pora beruvchi ham, oluvchi ham do‘zaxda” dedilar. Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar