Ribo haqida savollarim
Assalomu alaykum! Men bir odamning plastik kartasini 10/ foizga echdim keyin bu ish ribo ekanini bildim so‘ng egasiga kaytarsam, “men roziman qaytarmay qo‘yaver” dedi. Shu pulni olsam joizmi?
2). Sizlar vaucher telefon kartasiga o‘xshash qog‘ozni 1000 sumga olib 1200 sumga sotishni joiz emas depsizlar. Misol kukuruzni ham 800 olib 1000 sumga sotamiz. Ikkisi ham bizda deyarli bir joyda sotiladi. Iltimos shuni kengrok tushuntirib bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat, Xudo sizlarga madad bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Olmang. 2). Bu erda 800 so‘mni 1000 so‘mga sotish bor. Bu narsa sarroflik bo‘lib bu tilloni tilloga sotishga kiradi. Bu haqida : So‘mni-so‘mga naqdma-naqdga tengma-tenga sotish shart. Ikkisidan biror shart buzilsa, bu savdo joiz emas. عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ مِثْلًا بِمِثْلٍ سَوَاءً بِسَوَاءٍ يَدًا بِيَدٍ، فَإِذَا اخْتَلَفَتْ هَذِهِ الْأَصْنَافُ فَبِيعُوا كَيْفَ شِئْتُمْ إِذَا كَانَ يَدًا بِيَدٍ. وَزَادَ فيِ رِوَايَةٍ: فَمَنْ زَادَ أَوِ اسْتَزَادَ فَقَدْ أَرْبَى، الْآخِذُ وَالْمُعْطِي فِيهِ سَوَاءٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ تِبْرُهَا وَعَيْنُهَا، وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ تِبْرُهَا وَعَيْنُهَاUboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tillaga tilla, kumushga kumush, bug‘doyga bug‘doy, arpaga arpa, xurmoga xurmo, tuzga tuz, o‘xshashga o‘xshash, tengma-teng, qo‘lma-qo‘l. Qachon ushbu jinslar turlicha bo‘lsa, agar qo‘lma-qo‘l bo‘lsa, qanday xohlasangiz, sotaveringlar», dedilar».Boshqa bir rivoyatda: «Bas, kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni talab qilsa, batahqiq, riboga yo‘l qo‘yibdi. Uni oluvchi ham, beruvchi ham baribir», deyilgan. Beshovlari rivoyat qilganlar.Abu Dovudning lafzida: «Tillaga tilla; yombisi ham, zarb qilingani ham. Kumushga kumush; yombisi ham, zarb qilingani ham», deyilgan. Sharh: Ushbu hadisda zikr etilgan mollar riboviy mollarga kiradi. Ularning jinsi bir xil bo‘lganda almashtirishda miqdori ham bir xil bo‘lishi va qo‘lma-qo‘l ayribosh qilinishi shart, aks holda riboga aylanib qoladi. Mazkur mollarni almashtirishda ziyodaga va keyin berishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Misol uchun, tillaga tilla sotiladigan bo‘lsa, albatta, og‘irligi teng bo‘lishi, oldi-berdi qo‘lma-qo‘l qilinishi kerak. Navining yaxshi yoki yomonligiga qarab yoki keyin berish sharti bilan birining miqdorini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Agar savdodagi narsaning jinsi har xil bo‘lsa, qo‘lma-qo‘l bo‘lishi shart, aks holda ribo bo‘ladi. Ammo miqdori bir xil bo‘lishi shart emas. Misol uchun, tilla bilan kumushni almashtirish yoki sotish, qo‘lma-qo‘l bo‘lsa joiz. Vazni bir xil bo‘lishi shart emas. Tabiiyki, bunday bo‘lishi mumkin ham emas, chunki ikki jinsdagi narsa ikki xil qiymatga ega. Shuning uchun ularning qiymati va miqdori ikki tarafning o‘zaro roziligi bilan bo‘ladi. Bu hukm sirtdan qaraganda g‘alati tuyuladi. «Bir xil jinsdagi narsalarni almashtirishda ularning miqdori bir xil bo‘lishi nima uchun shart qilingan? Axir bir xil narsaning yaxshi va yomoni bor-ku? Yaxshisi qimmat, yomoni arzonroq bo‘lishi ham aniq-ku», degan savol paydo bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, ma’lum miqdordagi yaxshi bug‘doyga undan ko‘proq yomon bug‘doyni almashtirish nima uchun harom qilingan? Ulamolarimiz bunga «chunki bu ishda katta noaniqlik bor: kimdir zarar ko‘rishi ham aniq. Lekin kim zarar ko‘radi, qancha zarar ko‘radi, bilib bo‘lmaydi», deb javob beradilar. Shuning uchun bunday holatda o‘sha yomon bug‘doyni sotib, uning puliga o‘sha almashtirmoqchi bo‘linayotgan yaxshiroq bug‘doy xarid qilinadi. Shuningdek, bir jinsdagi ikki xil molni almashtirishda ziyodaga yo‘l qo‘yilmasligi esa bo‘lajak harom-xarish muomalalarning oldini olish uchundir. Chunki bir jinsdagi ikki xil narsa, misol uchun, tillani tillaga almashtirish uning sifatidagi, quyilishidagi, og‘irligidagi va yana boshqa farqlarni e’tiborga olib, amalga oshiriladi. Agar bunga ruxsat berilsa, g‘araz niyatli odamlar keyinchalik riboning boshqa darajalariga ham yo‘l topadilar. Ziyodaga yo‘l qo‘yilmasligi esa bu eshikni yopadi. Shuning uchun ham bu xildagi muomalaning harom qilinishidagi hikmatni tushunishda ba’zi kishilar qiynalishlari mumkin. Shu bilan birga, bu narsalarni almashtirishda, agar jinsi ikki xil bo‘lsa ham, qo‘lma-qo‘l bo‘lishni shart qilishda ham, hiyla bilan riboning eshigi ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik hikmati yotadi. Agar almashtiriladigan narsalarning jinsi ikki xil bo‘lsa, ortiq-kamiga kelishilsin, ammo darhol qo‘lma-qo‘l berilsin. Chunki agar «Keyin bersa ham bo‘ladi», deyilsa, bu bilan riboga yo‘l ochilgan bo‘ladi. Misol uchun, bir odam boshqasidan tilla olib turib, keyinroq kumush qaytarib berishga kelishiladi. Keyinroq bersa ham bo‘ladi, degan ruxsat bor bo‘lsa, vaqt o‘tganligi uchun foyda olishga o‘tiladi. Masalan, vaqt o‘tgandan keyin qaytarib beriladigan kumushning narxi olingan tillaning narxidan ko‘p bo‘ladi. Ana o‘sha ko‘p miqdor unga berilgan muddatga qarab belgilanadi. Bunday riboviy ishlarda oluvchi ham, beruvchi ham barobar gunohkor bo‘ladilar. Tilla bilan kumush almashtirishda yombi, ya’ni ishlov berilmagani ham, tanga qilib zarb qilingani ham baribir. Riboviy mollarning yaxshisi ham, yomoni ham barobar. Bir xil jinsdagi riboviy molning yaxshisidan ozroq, yomonidan ko‘proq berish mumkin emas. Bu ish ham riboning oldini olish uchun qilinganligini oldin ham aytib o‘tdik. Chunki odatda odamlar ikkita bir-biriga teng narsani almashtirmaydilar. Faqat orasida farq bor narsalargina almashtiriladi. Agar ushbu ishga ruxsat berilsa, riboga olib borishi turgan gap. Riboviy mollar deb, so’ va mudd kabi og‘irlik o‘lchovi bilan yoki miqdori vazn bilan belgilanadigan tilla, kumush, bug‘doy, arpa, xurmo, tuz va boshqa taom bo‘ladigan mahsulotlarga aytiladi. Ushbu mahsulotlarda bir-birini ziyoda bilan, nasiyaga almashtirish mumkin emas. Ammo son, uzunlik o‘lchovi bilan o‘lchanadigan narsalar riboviy mollar hisoblanmaydi. Shuning uchun bir dona tuxum ikki dona tuxumga almashtirilsa bo‘ladi. Chunki bunda ikki tomon ham nima qilayotganini va molining miqdori, sifatini juda aniq va yaxshi bilgan holda tasarruf qiladi. Shu ma’noda bir metr matoni o‘z jinsidagi bir yarim metr matoga almashtirsa bo‘ladi. («Hadis va Hayot» kitobidan). Yuqoridagi hadisdan kelib chiqib, 1000 so‘mni 1200 so‘mga sotgan bo‘ladi. Bu esa shar’an joiz emas. Agar vaucher cheklarni odamlardan buyurtma olib, oldindan ularga «shu cheklarni sizlar uchun olaman va olib kelib bergan xizmatim evaziga foyda olaman» deb kelishsagina joiz. Bunda chekni sotgan bo‘lmay, olib kelish uchun ijarachi sifatida bo‘ladi. Go‘yoki kimnidir narsasini olib kelib bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 257 | Halol va harom