G‘ayridin qo‘shnidan ko‘ngil so‘rash

Assalomu alaykum! Ko‘p qavatli uylarda yashaymiz. Yaqin qo‘shnilarimdan birini otasi olamdan o‘tib qoldi. Millati kavkaz, qanaqa qilib ko‘ngil so‘rashni yoki uyiga chiqib Qur’on tilovat qilish kerakligi bo‘yicha tushuncha bervoringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lsa islomda aytilganidek, agar g‘ayridin bo‘lsa diniy urf odatlariga qantashmasdan “Dunyoda kimga muhabbat qo‘ygan bo‘lsa o‘shalar bilan birga qilsin” deb qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar