Salomlashish haqida

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh Hurmatli Hazrat!Savollarimga javob olganimdan juda minnatdorman. Alloh sizni o‘z panohida asrasin!Hazrat, islomda tanigan va tanimagan odamga salom berish sunnat amal. Shunday holatlar bo‘lib turadiki, bir xil odamlar faqatgina ishi tushgandagina salom beradi. Misol uchun, men ishlaydigan korxonada mening oldimga ish bilan kelishadi va bir xil odamlar oldin salomlashadi, bir xil odamlar esa to‘g‘ri kelib ishini hal qilishni o‘ylaydi.Ustoz mana shu 2 chi toifadagi odamlar kelganda men o‘zimni qanday tutishim kerak? Ya’ni birdaniga ularning ishini qilishga kirishishim kerakmi yoki oldin o‘zim salom berib keyin ishga kirishayinmi?Umuman shunga o‘xshagan holatlarda musulmon odam o‘zini qanday tutishi kerak?Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oldin salom bering. Ular uyalsin va salom berishni o‘rgansin.

5 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar