Tuxum po‘sti

Assalomu alaykum! Tuxumni qovurishdan oldin yuvish kerakligini bilamiz, men yaqinda uning po‘stlog‘ini aval qaynatib olib, so‘ngra duxovkaga 180-200 gradus issiqlikda qo‘yib so‘ngra uni talqon kabi maydalab xamir taomlariga qo‘shilsa, unda foyda katta degan gapni eshitdim. Aniqrog‘i bir ilmiy dasturda ko‘rdim. Shunday qilib foydalanish joizmi? Olib borayotgan ishlaringizga Alloh rivoj va barakot ato etsin amin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tuxumning po‘stlog‘i ham halol. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:31 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar