Xodimni yollab ishlatishda sheriklik

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, mening urtogim Rossiya Federatsiyasida uz shaxrimizdan borgan ishchilardan brigada tuzib, ularga boshchilik kilib, usha erdagi kurilish tashkilotlariga kelishilgan xolda xizmat kursatadi. Bu xolatda urtogim vazifasiga ishchilarni yashash joyi, ozik-ovkat, kiyim-bosh va ish bilan ta’minlash vazifasi bor. U xar bir ishchi bilag uzi usha ishchining kobiliyatiga kura kunbay yoki soatbay ish xaki kelishib oladi. Usha brigadsi yordamida bajarilgan ish uchun kurilish tashkilotlaridan pul olib, uzi yollagan ishchilarga kelishilgan ish xakini tarkatadi. Kolgan kismini uziga foyda sifatida oladi. Agar kurilish tashkiloti uz vaktida bajarilgan ish uchun tulov  kilmasa yoki umuman tulamasa xam u uz yonidan ishchilarga kelishilgan ish xakini tulaydi. Yakinda u menga shu ishni yangittan boshlash maksadida moliyaviy sherik bulishni taklif kildi. Ya’ni yangi brigadani xujjatlashtirish va kerakli buyumlar bilan ta’minlashga pul kushishimni va bu orkali uning foydasiga sherik bulishimni taklif kildi. Ishni shunday tartibda olib borish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar