Qabr po‘sht haqida

Assalomu alaykum! Aziz va Hurmatli Ustozlar, yurtimizning bir viloyatida shunday bir voqeaga duch keldim. U viloyatda ba’zi qabrlarni ustiga qabr po‘sht (ya’ni Oyatal kursi va boshqa oyatlari yozilgan bir mato) yopishar ekan. Bu ishlarni ko‘rib, men bu ishni qilayotgan kishilardan buning hikmatini so‘radim. Ular menga odamlarni, qabrlarni tavof qilishdan qaytarishayotganini aytishdi. To‘liqroq aytganda odamlar kabrlarni tavof kilishadi, lekin qabrni emas qabr ustida yopilgan Qur’on oyatlari yozilgan matoni tavof qilishadi deb aytishdi. Bu ishlarga shariatimizning xukmi kanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ka’badan boshqa narsani e’zozlab tavof qilish harom amal hisoblanadi. Shu jumladan siz zikr qilgan narsalarni ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar