Duo bilan uzayadigan rizq

Assalomu alaykum! Malumki xammaning rizqi Alloh taoloning zimmasida va qazoi qadarga kimga qanchaligi bitib qo‘yilgan. Men tushunmayatgan narsa silai rahm bilan rizq ko‘payadi, umr uzayadi deyiladi. Rizq va umr belgilangan bo‘lsa buni qanday tushunish kerak yoki Allohning boshqa hikmati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlar vaqtning uzunasini bilishadi. Uning eni ham bor. Yuqoridagi amallarni bajaruvchilarga vaqtning enini ham nasib qilinadi. Qancha-qancha insonlar bor 70-80 yil hayot kechirib birov tugul o‘zining ham oxiratiga bir tiyinlik foyda keltirgan emas. Qancha-qancha insonlar bor qisqa umr kechirib, qiyomatgacha etadigan sadaqai joriyalarni yo‘lga qo‘yib ketganlar. O‘sha umr va rizqning uzunligi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar