Saodat asridagi zakot

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! Ma’lumki, saodat asrida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ko‘pgina sahobalar boy va hatto o‘rtahol holatda ham bo‘lishmagan (ayrim sahobalarni hisobga olmaganda, albatta). Ularning asosiy emishi xurmo hamda suv bo‘lgani, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotima roziyallohu anhoni turmushga berayotganlarida qo‘shib bergan narsalari, sizlardan biringiz ikkita kiyim topa olarmidi, degan hadislaridan, yana boshqa ko‘pgina hadis va rivoyatlardan ham bilishimiz mumkinki, ular ancha nochor ahvolda bo‘lib, boriga shukr qilib yashashgan. Savolim shuki: Ular zakot berishganmi? Meni siyratdan uncha ilmim yo‘q, iltimos ustozlar, noto‘g‘ri savol berib qo‘ygan bo‘lsam, aybga buyurmaysiz. Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakot mollari, nisoblari, zakot olishga haqli insonlar va boshqa o‘lchovlar hijratning ikkinchi yili ramazon oyidan oldin bayon qilib berilgan ekan, boyligi nisobga etgan har bir boy sahoba zakotini mukammal ado etganida shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:47 | Savol-javoblar | 146 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar