Foiz pul olib ishimiz yurishmayapti

Assalomu alaykum! Foizga pul beradigandan pul olganmiz 2 kishi bo‘lib, 6 oydan buyon qutula olmayabmiz. Xech ishimiz yurishmayabdi, nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Foizga pul olganlaringiz uchun tavba qilinglar. Endi Allohning o‘zidan yordam so‘rab, halol ish va yo‘llarini topib tezroq uzinglar. Bu borada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Qarz va unga bog‘liq malasalr” kitobini olib o‘qinlar. O‘sha kitobda hammasi batafsil bayon qilingan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 143 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar