Allox uchun dustlashish

Assalomu Alaykum, Shayx Xazratlari!Allox uchun dustlashishning shartlarini aytib bersangiz. Maktabda birga ukigan dustlar bilan Allox uchun dustlashish xolis bulishi mumkinmi, chunki ular bilan urtada Allox uchun dustlashishdan tashkari birga ukiganlik uchun dustlik xam mavjud buladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, Alloh qiyomat kuni bandani O‘ziga yaqinlashtiradi. Hattoki elkasini uning ustiga qo‘yadi va unga, bu gunohni bilasanmi, bu gunohni bilasanmi, deb gunohlarini sanaydi. U, ha, Robbim», deydi. Toki uni gunohlariga iqror qilidirib bo‘lganidan so‘ngra unga, ana o‘shalarni u dunyoda satr qildim, bugun esa, seni mag‘firat qilaman, deydi», deganlar.Beshinchi haq: Do‘stning qoqilish va toyilishlarini afv qilish.Odatda do‘stning xatosi dinda yoki sening haqingda bo‘ladi. Uning xatosi dinda bo‘lsa, lutf bilan nasihat qilish kerak bo‘ladi. U nasihatni qabul qilib, o‘zini o‘nglab olsa ayni murod. Ammo nasihatni qabul qilmasachi?Abu Dardo roziyallohu anhu:«Qachon do‘sting o‘zgarib, avvalgidan boshqacha bo‘lib qolsa, uni o‘sha sababdan tark qilma. Chunki do‘stning bir egri, bir to‘g‘ri bo‘lishi bor», degan.Ibrohim Naxa’iy rahmatullohi alayh:«Do‘sting gunoh ish qilgani uchun undan aloqani uzma, bugun gunoh qilsa, ertagan uni tark qilish bor», degan.Bu holat uning o‘zini o‘nglab, to‘g‘ri yo‘lga tushib ketishidan umid uzilguncha davom etadi. Umid uzilganda esa, u bilan aloqani kesishga to‘g‘ri keladi.Abu Zarr G‘iforiy roziyallohu anhu:«Qachon do‘sting o‘z holidan teskariga ag‘darilib qolsa, uni nima uchun yaxshi ko‘rgan bo‘lsang, shuning uchun yomon ko‘r», degan.Do‘stning xatosi va qoqilishi sening haqingda bo‘lsa, afv etish, sabr qilish va yaxshilikka yo‘yish kerak bo‘ladi. Ahnaf ibn Qays rahmatullohi alayh:«Uch narsaga sabr qilish do‘stning haqidandir: G‘azabdagi zulmga. Xushi uchgandagi zulmga. Qoqilgandagi zulmga», degan.Abu Sulaymon Doroniy Ahmad ibn Abul Havoriyga:«Bu zamonda birov bilan do‘st bo‘lsang, uni undagi sen yoqtirmagan narsa sababidan koyimagin. Tag‘in, o‘shaning javobiga avvaligisidan ham yomonroq narsaga duchor bo‘lib qolmagin», degan.Oltinchi haq: do‘stning haqiga duo qilish.Kishi o‘z do‘sti haqiga uning tirikligida ham, mamotidan keyin ham duo qilib turish mas’uliyatidadir. O‘zi uchun nimani so‘rasa, do‘sti uchun ham shuni so‘rab duo qiladi.Safvon ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Shomga bordim. Abu Dardoning manziliga borib uni topmadim. Ummu Dardoni topdim. U menga:«Bu sana haj qilmoqchimisan?» dedi.«Ha», dedim.«Bizga yaxshilik so‘rab duo qil. Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Musulmoning o‘z birodariga g‘oyibdan qilgan duosi mastajobdir. Uning boshida bir muvakkal farishta turadi. U o‘z birodariga har safar yaxshilik tilab duo qilganda muvakkal farishta «Omiyn! Senga ham o‘shandoq bo‘lsin!» deydi» der edilar», dedi.Bozorga chiqib, Abu Dardoni topdim u ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan xuddi shu gapni naql qildi».Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan.Musulmonlar bir-birlariga duo so‘rab turishlari kerak.Do‘st yo‘qligida orqasidan qilingan duo maqbul.Orqadan qilingan duoga muvakkal farishta «omiyn» deb turadi.G‘oyibdan yaxshi duo qiluvchining o‘ziga ham birodariga so‘ragan yaxshilikchalik yaxshilik etadi.Abu Dardo roziyallohu anhu:«Men etmishta do‘stimga sajdamda nomlarini aytib duo qilaman», degan.Ettinchi haq: do‘stga vafodor bo‘lish va unga ixlos qilish.Do‘stga vafodor bo‘lish uning muhabbatida to o‘lguncha sobit turishdan, o‘limidan keyin uning bolalari va do‘stlari bilan birga bo‘lishdan iboratdir.Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomat kuni Alloh taoloning soyasida bo‘ladigan etti toifa haqidagi hadislarida:«...Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi», deganlar.Ya’ni, to o‘lgunicha deganlari.«O‘lganidan keyin qilingan ozgina vafodorlik tirikligidagi ko‘pidan yaxshidir», degan ba’zi ulug‘larimiz.Anas roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon o‘zlariga biror narsa keltirilsa, buni Fulonaning uyiga aolib borib beringlar. U Xadiyjaning dugonasi edi», derdilar», deyilgan.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga u zot mening oldimdaligida bir kanpir keldi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:«Sen kimsan?» dedilar.«Men Jassoma Muzaniyaman», dedi.«Yo‘q. Sen Hassona Muzaniyasan! Sizlar qandaysizlar? Holingiz qanday? Bizdan keyin nima qildingiz?» deya so‘rab ketdilar.«Yaxshimiz! Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Yo Allohning Rasuli!» dedi u. U chiqib ketganidan keyin:«Yo Allohning Rasuli, bir kampirga bunchalik iqbol qildingiz?!» dedim.«U Xadiyjaning vaqtida huzurimizga kelib turar edi. Albatta, eski ahdni go‘zal tutish iymondandir», dedilar».Hokim rivoyat qilgan.Do‘stning barcha qarindoshlari, do‘stlari va unga bog‘liq kishilarning rioyasini qilish unga vafodorlikning davomidir.Do‘stning dinda yo‘l qo‘ygan xatolariga rozi bo‘lmaslik ham unga bo‘lgan vafodorlikdir.Do‘stning firoqiga hasrat-nadomat qilish ham unga bo‘lgan vafodandir.Ibn Uyyayna rahmatullohi alayh:«O‘ttiz yil oldin firoqiga uchragan do‘stlarimning hasrati hali ham xayolimdan ko‘tarilgani yo‘q», degan.Do‘sti haqidagi chaqimchilikka quloq solmaslik ham unga bo‘lgan vafodorlikka dalolat qiladi.Bir odam donishmandning oldiga kelib:«Do‘stligingga sovchi bo‘lib keldim», dedi.«Mahriga uch narsani so‘rayman», dedi.«Ular nimalar?» dedi.«Mening haqimdagi chaqimchilikka quloq solmaysan. Mening ishimga xilof qilmaysan. Meni ko‘r–ko‘rona tasdiqlamaysan», dedi.Do‘stining dushmaniga do‘st bo‘lmaslik ham unga bo‘lgan vafodorlikdandir.Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh:«Qachon do‘sting dushmaningga itoat qilsa, ikkisi senga dushmanlikda sherik bo‘libdi», deganlar.Sakkizinchi haq: engillik va ortiqcha takallufni tark qilish. Kishi do‘stiga og‘ir keladigan narsani ravo ko‘rmasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, unga og‘irligini solmasligi lozim. Mening og‘irimni engil qilsin, mendan xabar olib tursin, yordamimga doim shay tursin kabi talablarni ko‘ngliga ham keltirmagani yaxshi. Musulmon do‘stiga Alloh uchun muhabbat qo‘yyadi, uning duosidan umidvor bo‘ladi, uni ko‘rishdan uns topadi, uning haqlarini ado qilish bilan Alloh taologa qurbat hosil qiladi va diniga yordam oladi.Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytadilar:«Do‘stlarning yomoni seni tanglikka solgani, mudoroga muhtoj qilgani va uzr aytishga majbur qilganidir».Ba’zi mashoyixlar demishlar:«Kim do‘stlaridan ular undan talab qilmagan narsani talab qilsa, ularga zulm qilgan bo‘ladi. Kim do‘stlaridan ular undan talab qilgan narsani talab qilsa, ularni zahmatga qo‘ygan bo‘ladi. Kim do‘stlaridan hech narsa talab qilmasa, ularga fazl ko‘rsatgan bo‘ladi».Junayd rahmatullohi alayh aytadi:«Ikki kishi Alloh uchun do‘st bo‘lsayu, ulardan biri boshqasidan tortinsa yoki uyalsa, albatta, ikkisidan birida illat bo‘ladi».

28 Aprel 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 203 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar