Youtubedagi o‘yinlar

Assalomu alaykum! Alhamdulillah o‘zim 2-3 yildan beri namoz o‘qib, dinimiz qaytariqlaridan qaytib, buyurgan ishlarni qo‘limdan kelagnicha qilib kelaman. O‘zim chet eldaman. Lekin akalarim namoz o‘qishmaydi, xaqlariga duo qilib turaman. Kecha akam bilan gaplashgan edim, ular youtubeda hozirgi kunda avj olgan Rozigrish (har bir kishi 75 mingdan pul yig‘arkan va g‘olibni taxminiy tanlar ekan) o‘yiniga pul tikibdi va spark yutib olibdi. Men hali uylanmaganim sababli bizning oilada ro‘zg‘orimiz bitta, shuning uchun oilam bilan keyingi munosabatlarimda qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akangiz qimorga qo‘l uribdi. Yutuq halol emas. Yo‘lini topib uni egalariga qaytarib bersin. Vallohu a’lam!

23 Sentabr 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 111 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar