Haqdorlarni topish

Assalomu alaykum! Men 3-4 yil oldin Rossiyada ishlap yurganimda bir ikta odamdan pul ogandim shularni qaytara olmadim ular ham soramadi men ham unitip esimga tushsa ham shaytoni gapiga kirip qaytarmadim u odamlar boshqa viloyatan men boshqa viloyatanmiz shu qarzlarimni qanday qilip uzsam boladi ularni uy adreslarini aniq bilmayman iltmos biron yolini bilgan bolsa aytib yuboringlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval yaxshilab so‘rab surishtirib, u qarz berganlarni izlab topish kerak. Agar umuman topishning iloji bo‘lmasa, unda bu pullarni qarz egalarining nomlaridan o‘ta muhtoj kambag‘allarga ehson qilib yuboring. Mabodo biror kun ularni uchratsangiz ularga qilingan ehsonni xabari berasiz. Agar u shaxs o‘zining nomidan ehson bo‘lishiga rozi bo‘lsa, uning nomidan bo‘ladi. Agar rozi bo‘lmasa siz uning pulini to‘lab berasiz, ehson sizdan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar