"Mukoshafatul qulub" kitobida tushunmagan narsa

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Imom Gazzoliyning "Mukoshafatul kulub" asarida "amallar, tarozi va azob" mavzusida "Agar:"Kaniydi, boradigan yulimni, oxir okibatda nima kilishimni va azalda men xakimda chikarilgan xukmni bilolsaydim!"desang, sening uchun ba,zi mezonlar bordir. Ularni nazarda tutib, tushadigan axvolingni bilib olishing mumkin: "Axvolingga va amallaringga karaysan. Chunki xar kim peshonasiga bitilganini kiladi. Agar senga xayirli yulda bulish nasib etsa, omading kelgani. Jaxannam otashidan uzoksan. Yuk, agar yaxshi ishga tashabbus kursatgan vaktingda karshingdan mukarrar tusik chiksa va u yaxshi amalni kilishingga yul bermasa va yana sen gunox kilishni xoxlamagan xolingda, seni ma,siyat kilishga etaklovchi, bunga majbur etuvchi sabablar yuz bersa, bilki, sening ustingda xukm chikarilgan, chunki bu axvol natija kanday bulishini kursatib turadi". Shu oxirgi jumla meni judayam kurkitdi, men shulardanmasmanmi deb, chunki ba,zida niyat kilgan savobli amallarni kilolmay kolaman. Ularni kupchiligi exson kilish bilan boglik buladi, uni kilishga ba,zida kulimda pulim yuk bulib koladi eki turmush urtogim ma,kul kurmagan buladida kilolmay kolaman. Avvallari niyat uchunam savob buladiku derdim buni ukib nima deb tushunishni bilmay koldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval niyatim uchun savob bo‘ladi-ku deganingiz to‘g‘ri. Bu gap ham sizga o‘sha ishni qilish nasib qilmaganini anglatadi Bu taqdir, ya’ni niyat qilgan ishingizni qila olmasligingiz haqida hukm chiqqan. Bu siz uchun sinov. Bu sinovning mukofoti sinovning qandayligidan kelib chiqib beriladi. Katta sinovga sabr qilsangiz katta mukofotga erishasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar