Oylik masalasi

Assalomu alaykum! Men rassiyada ishlayaman hozirgi kunda kunduzi ishlaganimda 70000 rubl ishdan keyin qorovullik qilganimda 20000 rubl oylik olaman. Hozirgi kunda ish to‘xtab qoldi lekin ish boshqaruvchimiz jurnalga menga + qo‘yib boryapti. Chunki men ishxonamizda yashayman, yani har kuni shu erdaman. Savolim shuki ana shu ishlamagan kunlarimga boshlig‘imiz menga oylik to‘lasa shu pul menga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soatbay ishchi bo‘lsangiz ish beruvchiga o‘zingizni topshirib qo‘yganingiz uchun garchi u sizga ish topib bera olmasa ham toki kelishuv to‘xtatilmagunicha maoshga haqdor bo‘lave rasiz.Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 16:27 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar