Kundalik virdlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, salovotni bir necha marotaba aytishni odat qilgan odam salovotni boshlaganda “bismillah”ni aytib keyingilarga aytmasa ham bo‘lishini bildik. Endi Qur’ondan bir necha oyatlarni namozdan keyin ko‘prok aytishni odat qilgan odam ham, duoni boshlaganda “bismillah”ni  aytib keyingilariga aytmasa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshida bir marta aytishning o‘zi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar