O‘qishim kerak bo‘lgan kitoblar
Assalomu alaykum! https://old.islom.uz/content/view/4735/192/
Yuqoridagi linkdagi maqolada quyadilarni o‘qib qoldim. Allohni tanish, payg‘ambarni tanish, Islom e’tiqodini bilish, halol va haromni, farz nima, vojib nima bilish har bir o‘zini musulmonman degan inson uchun majburiy ishdir. Ushbu sanab o‘tilgan narsalarni bilmaslik, ularni o‘rganmaslik yoki ularni o‘rganishni ortga surib yurish bandani kofirlikka etaklovchi narsadir va mutlaqo HAROMdir.
(3) Fahshdan chetlanish uchun bajariladigan amallardan yana biri o‘z dinini tartibli ravishda o‘rganishdir.
Savol: Hilol Nashrdan yuzlab kitoblar chiqadi, menga farzi ayn ilmlarni o‘rgatadigan kitoblarni ketma ket ro‘yxati kerak edi. Ya’ni yuqorida zikr etilgan ilmlarni o‘rgatadigan kitoblar. Barchasini muhimlilik darajasiga qarab ro‘yxatini aytib berolmaysizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Siz namoz o‘qib, kundalik farz va vojib amallarni bajarib, ilm olmoqchi bo‘lsangiz, avvalo aqiyda masalasini yaxshilab o‘rganishingiz kerak. Buning uchun birinchi o‘rinda Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub “Sunniy aqiydalar”, “Kifoya”, "Hadis va Hayot" va "Ruhiy tarbiya" kitoblarini o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Undan so‘ng "Tafsiri hilol" kitobiga o‘tishingiz mumkin. Agar namoz va ro‘za kabi ibodatlarning ahkomlarini bilmasangiz “Mo‘minning me’roji” va “Mo‘minning najoti” kitoblaridan boshlang. So‘ngra yuqoridagi ro‘yxat bo‘yicha davom ettirasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim