Qariyalar haqida

Assalomu alaykum! Bir ishchimiz so‘rab berishimi iltimos qildi.
Aytishicha opoqisi 98 kirib es-xushi joyida bo‘lmay qolibdi. Nabirasini oilasi bilan turadi. O‘zini xuddi 2 yashar boladek tutar ekan. Xattoki farzandlarini tanimay qolgan. Faqat birga yashaydigan odamlarini taniydi. Ovqatga to‘ygandan keyin yoshbollardek sochadi. Asosiysi nabirasi namozga taxorat oldirib turgizib qo‘ysa xoxlasa o‘qiydi xoxlamasa yo‘q. Lekin o‘tgan yillari bunday emasdi. O‘zi namozxon odam edi. Buni xukmi qanday? Chunki xushi o‘zidamasligi uchun namozni tashlab qo‘yapdi ekan. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular bu holatda uzrli hisoblanadilar. Namoz farz bo‘lishining shartlaridan biri aql joyida bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar