Menga maslahat bering
Assalomu alaykum! Men bir avtokorxonada xaydovchi bo‘lib ishlayman. Xizmat safarida viloyatlarda yuk tashimiz. Korxona menga kunlik eb-ichish uchun ajratiladigan pulni vaqtida bermaydi, lekin qog‘ozda yozilib yig‘ilib boradi. Oylik maoshimiz ham yarim yilga cho‘zilib ketgan. Men ushbu korxonaning avtosidan o‘z manfaatim yo‘lida foydalanishim qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqingizni bermagan taqdirda ishlab topib olishingiz mumkin. Haqqingizdan ortiqchasi joiz emas. Keyinchalik haqqingiz qo‘lingizga tegsa, o‘sha ishlab topganingizni korxonaga qaytarasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom