Issiq ovqat

Assalomu alaykum! 1. Issiq ichilgan ovqatda baraka bo‘lmaydi deb eshitdim shu to‘g‘rimi? 2. Har doim dasturxonda ko‘katlar (kashnuch va ukrop) bo‘lsa o‘sha dasturxonda baraka bo‘larkan shu ham to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:عن ابن عمر أن النبي صلى الله عليه وسلم قال أبردوا بالطعام، فإن الحار لا بركة فيه . ورواه الحاكم في المستدرك والديلمي في مسند الفردوسIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Taomni sovutinglar. Chunki issiqda baraka yo‘qdir” deganlar.
Munoviy “Fayzul qodir”da aytadi: (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisdagi) “sovutinglar” degan ko‘rsatmalari bu ishning mandubligini bildiradi. Ya’ni, “Taom tanovul qilishni u toki sovugunicha kechiktirib, so‘ng sovugan holda englar”. Bundan maqsad (issiq taomga) ilohiy yaxshilikning sobit bo‘lishini nafy qilishdir. Shunday ekan, ilohiy barakadan xoli va sunnatga xilof bo‘lgani uchun o‘ta issiq taomni tanovul qilish makruh bo‘ladi. Agar zarar etkazishi gumon qilinsa eyish harom bo‘ladi.2). Bunday rivoyatni bilmaymiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:07 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar