Alkogol bor mehmonxonada tozalash ishlari
Assalomu alaykum! Ustozlar, men chet elda o‘qiyman. Quyidagi savollarimni juda aniq va chuqur yozdim buning uchun uzr so‘rayman. Shu ishimdan ko‘nglim g‘ash. Iltimos aniqlik kiritib beringlar. Yaqinda bir mehmonxonaga ishga kirdim. Ishim tozalash bilan bog‘liq. Xar kuni mehmonxona xonalarini tozalaymiz va meni xavotirga soladigan narsa bor. Xar xonada bitta vino va pivalar bor va bizni ishimiz xonani tozalab, tugagan yoki ishlatilgan narsalarni yangilari bilan to‘ldirish. Odatda mijozlar vino yoki pivalarga tegishmaydi ya’ni bu alkogol mahsulotlari xonada turaveradi va biz xar kuni ularni changini artishimiz kerak bo‘ladi. Agarda mijozlar vino yoki pivani ichadigan bo‘lsa biz yangilarini qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Savollarim quyidagicha: 1. Shu alkogol maxsulotlarini mijozlar xonasiga kamdan kam xolatlarda olib kelsam yoki olib keladigan kishiga (boshliqqa) aytsam, chunki odatda vinolarni boshliq o‘zi olib keladi va biz unga vino xonada yo‘qligini bildirishimiz kerak. Shu xolatda topadigan pulimga harom aralashadimi? 2). Shunday alkogol bor xonalarni tozalash orqali topgan pulimga xarom aralashadimi? 3). Agar shu alkogollarni changini artmasam va bor yo‘qligi haqida boshlig‘imga aytmasam, (bu holatda boshligim o‘zi tekshiradi va o‘zi olib kelishi mumkin) va shunchaki alkogolga etibor qilmasdan xonani tozalasam, topgan pulim xalol bo‘ladimi? 4). Xaromga dalolat qiladigan ish qilib pul topish xarom ekanligini bilaman. Uchinchi savolimdagi xolat xaromga dalolat qiladigan yoki xaromga aralashgan jomi bormi? Javoblaringiz uchun oldindan kattakon rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tozalab topgan pulingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tozalab topgan pulingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom