Oilaviy muhitni tiklash
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shuki hozirgi kunda kelinlarga ortiqcha topshiriqlar ko‘payib ketmoqda. Ayolim qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqda va uddalayabdi. Ba’zida bekorga dakki eshitadi. Beaybligini aytsam ota onam mendan xafa bo‘lishyabdi. Ajrashaylik desam bitta o‘g‘lim bor, uni etim qilgim kelmayabdi, lekin unga qarab vijdonim qiynalmoqda. Nima qilay? Bu savolni kanalda ham e’lon qilsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaynota va qaynonaning xizmatini qilish, duolarini olish ulkan barakot va yaxshiliklarga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada kuyov bolaning ota-onasini xizmatini qilmagani uchun ajrashish shar’an uzr hisoblanmaydi. Chunki ularning xizmatlarini qilish kelinning zimmasiga vojib emas. Ularni kelindan xizmat talab qilish undan sadaqa so‘rash bilan barobardir. Chunki kelinning qaynona va qaynotaga qiladigan xizmatlari holis yaxshilik bo‘lib, kelin tomondan ularga qilinadigan fazl-karam hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush