Masjid qiblasi haqida kelishmovchilik

Assalomu alaykum! Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasi “Oq masjid” jome masjidi bir guruh namozxonlari nomidan yozyapmiz. Bizning masjid qibladan 40 gradus (balki ko‘proqdir, lekin kam emas) egri joylashgan. Shu masjidda to‘g‘riga qarab namoz o‘qish joizmi? Gilam va joynamozlarni qiblaga qaratib to‘g‘irlab namoz o‘qish imkoni bor, lekin imom domlamiz bunday qilishga unamayaptilar, va tez orada masjid qayta quriladi, o‘shangacha to‘g‘riga qarab o‘qib tursak bo‘laveradi deyaptilar. Iltimos to‘liqroq maslahat berib bizlarni qalbimizdagi ikkilanishni, namozimiz qabul bo‘lyaptimikan degan gumonni yo‘q qilishda yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qibladan 45 darajagacha o‘ng yoki chapga moyil bo‘lib o‘qilgan namoz joiz. 45 darajadan ortib ketmasin. Alloh taolo “Baqara” surasi 144-oyatida marhamat qiladi :قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاء فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوِهَكُمْ شَطْرَهُ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ۝Goho yuzingning osmonga tez-tez qayrilganini ko‘rurmiz. Bas, albatta, seni o‘zing rozi bo‘lgan qiblaga bururmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qaerda bo‘lsangiz ham yuzingizni u tomon buring. Albatta, kitob berilganlar uning Robblaridan bo‘lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar