Tilla taqinchoqlarimning qarzi

Assalomu alaykum! Allohga bexisob shukurlar bo‘lsin! Bilmaganlarimizni o‘rgatayotganingizga tashakkur. Savolim quyidagicha bir tanishim bilan tilla bilan oldi berdimiz boridi, meni tillalarimni sotib uyidagi ustalarini haqini bergan. Qaytarishga kelganda 3.000.000 so‘mlik tillaga 700.000 so‘m bergan. Hozirgi kunda bitta zanjirimning o‘zi 3.600.000 turibdi, tillarimni so‘rasam “ukangni to‘yida sanga 100 dollar to‘yona berganman, o‘sha bilan oramiz ochiq” dedi. Nahot to‘yonayam qarz hisoblansa? Men bergan to‘yonasini o‘zini to‘yida qaytarmoqchidim. Shunday holatda o‘rtadigi tilla masalasining echimi qanday? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘yona qilib bergan yuzni berib “Shu bergan to‘yonang, meni tillalarimni qaytarib ber” deb ayting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:07 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar