it gushti xakida

Assalomu alaykum! Xurmatli ustoz! Man sil kasaliga chalinib koldim. Yakinda upkamda jarroxlik amalieti utkazishdi. Kasalxonada xonadoshimni oyisi shurva obkeldi va sherigim ikkimizga kuyib berdi. Shurva nimadan kilinganini suradim, mol gushtidan deyishdi. Lekin ishtaxam yukligi va shurvani bemazaligi sabab ikki koshik ichib boshka ichmadim. Kunlar utib xonadoshimga javob berishdi. Uni olib ketgani kelgan oyisi " Kizimni tez tuzalib ketishiga sabab unga it shurva ichkizganim, siz xam usha shurvadan ichganizda allakachon oekka turib ketardingiz" deb koldi. Shu kundan buen kunglimdan xijillik ketmayapti. Usha zaxoti bilganimda ichganim ikki koshik shurvani kayd kilib tashardim. Shu kungacha kilgan ibodatlarim nima buladi endi? Buning kafforati xakida aytsangizaytsangiz! Javobingiz uchun oldindan raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bilmaganligingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Ibodatlaringizga hech qanday shubha qilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar