"Oltin silsila" kitobi haqida

Assalomu alaykum! «Oltin silsila»ni o‘qiyapman, ammo sharhi yo‘qligi uchun ba’zi hadislarga amal qilish yoki qilmaslikka ikkilanib qolyapman. Masalan, 2-juz, 14-bobda yomg‘irda jumaga bormaslikka ruxsat beruvchi hadis bor. Bu kabi hadislardan so‘ng bizning mazhabda  qanday hukm chiqarilganligi haqida qisqacha tushuntirish berib borilsa maqsadga muvofiq  bo‘lardi. Har bir hadisdan so‘ng sharh yozishni so‘ramayapman, balki oddiy musulmonlarni ikkilantirib qo‘yadigan hadislarga qanday hukm olinganligi haqida ma’lumot berilsa nur ustiga nur bo‘lardi. Iltimos, agar iloji bo‘lsa keyingi juzlarida bu taklifga e’tibor qaratsangiz. Alloh «Oltin silsila» bilan shug‘ullanayotgan ilm ahlini O‘z panohida asrasin, ilmiga va vaqtiga baraka bersin, barcha juzlarini muvaffaqiyatli chop etish va muxlislarga etkazish nasib qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxshi niyat va tilaklaringiz uchun tashakkur. Birinchi juzning mukaddimasida imkon kadar shunga oid tushuntirishlar berilgan. Siz aytgandek, zarur o‘rinlarda ham izohlar berib borilyapti. Bu va boshqa taklif va mulohazalar keyingi nashrlarda albatta e’tiborga olinadi.

26 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 144 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar