Qo‘shnilar gunohkor bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bir maxallada kam ta’minlangan oila mavjud. Bir qo‘shnisi va qarindoshi qo‘lidan kelganicha yordam berib turishini eshitdik. Ammo shunday bo‘lsada, ba’zi kunlari ro‘zg‘orda ancha qiynalib qolibdi. Shu kungacha ularning xolidan xabar olib turmaganliklari uchun boshqa qo‘shnilari gunohkor bo‘lishmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lishadi. عن أنس بن مالك رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ما آمن بي من بات شبعان وجاره جائع إلى جنبه وهو يعلم به. رواه الطبراني في الكبير Anas ibn Moli roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Yonidagi qo‘shnisi ochligini bilib turib kechasini to‘q holida o‘tkazgan kishi menga iymon keltirmabdi” dedilar". Tabaroniy rivoyati. وَلِلتِّرْمِذِيِّ: خَيْرُ الْأَصْحَابِ عِنْدَ اللهِ خَيْرُهُمْ لِصَاحِبِهِ، وَخَيْرُ الْجِيرَانِ عِنْدَ اللهِ خَيْرُهُمْ لِجَارِهِ. وَاللهُ أَعْلَمُ Termiziyning rivoyatida: «Allohning huzurida ashoblarning eng yaxshisi sohibiga yaxshi bo‘lganidir. Allohning huzurida qo‘shnilarning eng yaxshisi qo‘shnisiga yaxshi bo‘lganidir», deyilgan. Alloh bilguvchiroqdir. Sharh: Shuning uchun ham har doim do‘st-birodarlarga va qo‘shnilarga yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilmoq zarur. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar