Boshqa dinni qabul qildirishdagi harakat

Assalomu alaykum! Bugun singlim ko‘chadaligida yo‘ldan 4 ta koreyslarni uchratibdi. Ular singlimni yoniga kelib, qanaqadir ranglar haqida o‘zbekcha gapirishni boshlabdi. Ularni ramzlari haqida aniqrogi. Eshitib turibdi. Nima demoqchi ekan deb. Keyin musulmonmisiz deb so‘rabdi. Alhamdulillah musulmonman debdi. Isoni tanisizmi debdi. Ha taniyman deganida, yana chalg‘ituvchi nimadirlar deb biz bir narsa aytamiz qaytarasiz deyishibdi. Nima ekan deb. Hop debdi. Xudoyim deb boshlabdi qolgan so‘zlari Iso payg‘ambarni qo‘shib nimadir deyishibdi. Xudoyimdan uyog‘iga o‘tmabdi shukur. Keyin aytmay ketib qolibdi. Bu holatni nima deb tushunishni bilmayapmiz. Ular xristian dinini qabul qiladigan jumlani ayttirishmoqchi bo‘lishganmi? Keyin ketayotganida qo‘liga ayollar yuzi uchun maska bervorishibdi. Shunday holatga duch kelib, o‘zi bilmagan holda boshqa dinga kirish so‘zlarini aytib qo‘ysa, nima bo‘ladi, dindan chiqadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan, adashib, xato qilib aytib yuborsa, dindan chiqmaydi. Musulmon odam zakiy bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan odam “falon gapni ayting” desa aytaverish kerak emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar