Turkiya imomlarida tajvid
Assalomu alaykum! Bir do‘stim Turkiya davlatida. U "jamoat namozlariga masjidga chikaman, lekin bu erning imomlarining tajvidi boshqacharoq ekan, ya’ni turk shevasida(turk fonetikasida) talaffuz qilishar ekan. Masalan, "Alhamdulillah" kalimasini "Elhamdulillah" tarzida va boshqa xarflarni ham o‘z maxrajidan chiqarmay talaffuz qilisharkan. "sin", "sod", "dod" xarflarini deyarlik, bir-biridan farqsiz talaffuz qilisharkan". Do‘stim bir nechta markaziy masjidlarga borib ko‘rgan, xammasida bir xil tajvid, talaffuz. Do‘stim so‘ramoqchi bo‘lgan narsa ularda tajvid buzilishi bo‘lmayaptimi? Men shu imomlarga jamoat namozida ergashsam bo‘ladimi yoki o‘zim uyda o‘qiganim ma’qulmi? Ramazon yaqin, tarovexlarni qanday o‘qisin? Qo‘shimcha qilib aytsam do‘stim tajviddan xabardor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ergashavering. Namoz buziladigan darajada buzishmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ergashavering. Namoz buziladigan darajada buzishmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 149 | Namoz