Plastik kartochka

Assalomu alaykum! Har oy otamga plastik kartamni beraman. Otam menga befoiz naqd qilib  beradilar. Plastigimga har  oy har xil pul tushadi. Bir oy 530 ming, boshqa  oy 520 ,515 ,503, 510 tushadi. Men otamga 500 ming  naqd bering qolgani o‘zizga deyman. Shu ishim to‘g‘rimi? Ikkimizni ham bundan foyda olish  niyatimiz yo‘q, lekin meni  savob olish niyatim bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning oson yo‘li plastigingizda borichasini otangizdan oling. Keyin hadyangizni bering. Shunda shubhadan holi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar