Do‘stimga bergan javobim

Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan suhbatda, yoshlikda o‘qimagan namozlarimizni qazosini o‘qishimiz kerak dedim. U esa o‘qimasak ham Alloh xohlasa kechiradi dedi. Men bunaqa narsalarni emas deb yubordim, keyin gapimdan qo‘rqib ketdim. Allohni o‘rniga hukm chiqarib qo‘yganimga. Men faqatgina qazolarni o‘qish kerakligini tushuntirmoqchi edim. Bunday vaziyatda katta gunohga qo‘l urmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmagansiz. Alloh taolo qarzlarni O‘z egasi kechib rozi bo‘lmagunicha qarzdordan soqit bo‘lmaydi. Shu kabi qazolarni ham ado qilishni Alloh taolo shart qilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 121 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar