Shom namozidagi imom
Assalomu alaykum! Ustozlar, namozdagi bir holat haqida so‘ramoqchi edim. Kishi shom namozining farzida imomlikka o‘tdi, 3-rakatda sajda qilib 4-rakatga turib ketdi, vaziyat shunday bo‘lganki, imom bilmasdan 4-rakatni boshlab yuborgan. Ergashuvchilar ham imomga bildirishmay va ergashmay 3-rakatda qolib jim o‘tirishgan va imom shomni 4 rakatli qilib o‘qib, sajdai sahv qilgan (jamoat bilan). Savol: Imomga ergashuvchilar 4-rakatga turishlari kerakmidi yoki imomga ergashishi kerakmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom 4-rak’atga turganida tasbeh yoki takbir aytib imomni ogohlantirishlari kerak edi. Imom 4-rak’atga sajda qilishi bilan farzi botil bo‘lib, o‘sha shom namozini qayta o‘qib olishi shart bo‘ladi. Jamoat ham. Agar imom 3-rak’atga o‘tirib, tashahhuddan keyin turib ketganida sajdai sahv bilan namoz to‘g‘ri bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar