Iyso Axayxissalom xakida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Bu savolim izlash xizmatida yuk ekan, shunda sizlarga yuboryapman. Iyso alayxissalomning ayni tugulgan oylari xakida ma’lumot bersangiz! Men bu savolni berishimdan maksad ayrim uzini takvodor kilib kursatib jamoat joylarda Din xakida xar xil xukumlar bayon kilib yuruvchi bemazxablarning gapini kalbimda inkor kilish uchun surayapman! Chunki ularning aytishicha Iyso alayxissalom yanvar oyida tugulganligi uchun xristianlar yangi yil kilarmish! Men bu gapim bilan yangi yil kilish joiz demokchi emasman, lekin bilib bilmasdan xarom deb yurishdan ayrim duslarimni kaytarmokchiman. Savolim chuzilib ketdi uzir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=23549.0 Iso alayhissalomning qachon tug‘ilganlarini hech kim aniq bilmaydi. Shuning uchun ham nasoro dinidagilar dekabrda ham yanvarda ham rojdestvo degan bayramini nishonlashadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar