Qiblaga qarab o‘qishni imkoni yo‘q

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, musofir yurtida ko‘pdan beri yuramiz. Ishxonamizda namoz o‘qiymiz, lekin qiblaga qarab o‘qishni ilojisi yo‘q. Shu o‘qilgan namozimiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qibla namozning farzlaridan biridir. U topilmasa namoz ham ado bo‘lmaydi. Qibla 45°gacha o‘ng yoki chapda bo‘lsa zarari yo‘q. Qibladan burilish 45°ga etsa namoz durust bo‘lmaydi. Kim Ka’bani ko‘rib tursa, unga Ka’baning o‘ziga yuzlanishi farz. Ka’bani ko‘ra olmaydigan odam u tomonga yuzlansa kifoya qiladi. Namozxon badani va nazari bilan Ka’baga yuzlanadi. Ulamolar: «Ba’zi bir masjidlarning qiblasi 45°gacha o‘ng va chap tomonga burilgan bo‘lsa, u masjidda namoz o‘qish joiz. Lekin 45° yoki undan ortiq bo‘lsa, joiz emas. Chunki bunda namozxon qibla tarafdan boshqa tarafga yuzlanib qolgan bo‘ladi», deganlar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar