Ro‘zam buzildi deb o‘ylab ochib yubordim

Assalomu alaykum! Ro‘za oyigacha oilamdan ancha vaqt uzoqda edim. Uyimga kelganimda ayolim bilan ozroq quchoqlash, u bu narsadan o‘zimni tiyib yurdim. Maniy bilan maziyni farqiga bormaganim uchun ro‘zamni buzib qo‘ymay deb. Shunday bo‘lsayam bir kuni quchoqlashib ozroq suyuq suvga o‘xshagan narsa kelib qoldi. Men ro‘zam buzildi deb ochivordim, endi echimini so‘ramoqchi edim. Edi nima qilishim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir kun qazo va 60 kun ketma-ket kafforat tutib berasiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 15:11 | Savol-javoblar | 143 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar