Dallollik xakida
Assalomu alaykum! Bog‘bon bog‘ni sotishga axd qilib dallolga 15.000 dollariga sotishini aytdi. Bir fursatdan so‘ng dallol kelib menga necha pulga berasan deb bog‘bon bilan savdolashdi. Uzoq savdodan so‘ng bog‘bon 10.000 dollariga beraman dedi. Shu fursatda dallol menda bir mijoz bor sen ularga 12.000 deb aytasan va 2.000 dollarini menga berasan dedi. Ammo xaridor bu kelishuvdan bexabar. Bog‘bon shu kelishuvni ochiq oydin xaridor bilishini xohlayapti, lekin dallol xaridorni bilishi shart emas deb turib olgan. Shunday holda dallollik qilishga shariat ruxsat berganmi? Dallol xohlaganicha ustiga qo‘yishga haqlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval dallol nasiyaga bo‘lsa ham o‘zi sotib olsin. Keyin xohlaganiga sotsin. Mabodo xaridor olmasa, dallolning mulki bo‘lib qolaveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat