Dasturimizdan daromad topish

Assalomu alaykum! Biz kompyuterdagi matnlarni qo‘lyozma ko‘rinishiga o‘tkazib beradigan dastur tuzgandik. Bu narsa talabalarga konspektni qo‘lda emas kompyuterda qilishlariga yordam beradi. Kompyuterda yozilgan narsani huddi qo‘lda yozilgandek holga keltiradi. Ya’ni, qo‘lda yozilgan narsani rasmga olgandek bo‘ladi. Bunda, talabalar o‘zlari yozishi kerak bo‘lgan narsani kompyuterga yuboradi, kompyuter o‘zi konspekt qilib beradi. Biz buni konspektrobot deb nomlaganmiz. Odatda talabaga baho konspekt qilganiga qarab emas, mavzuni tushunganiga, mavzuga oid masalalarni echa olganiga qarab qo‘yiladi. Odatda kitoblar ham shunday tuziladi. Agar talabaga konspektga qarab baho qo‘yilsa, hech narsani bilmaydigan, faqat yozishni va ko‘chirishni biladiganlar ham baho olib ketaverardi. Konspekt talabaga o‘zi tushunganlarini qisqacha izohlar bilan, o‘zi tushunadigan qilib yozishi uchun kerak aslida. Ya’ni, faqat o‘zi uchun. Ammo, ba’zi ustozlar konspektga qarab baho qo‘yaveradi. Bizda bu narsa keng tarqalgan. Talabalar bizning dasturda konspekt qilib, ustozlarini aldashi ham mumkin. Odatda dastur shunday holatlar uchun ishlatiladi, deb o‘ylayman. Bunda biz yolg‘onga yordam bergan bo‘lmaymizmi? Maktab o‘quvchilari bilan ham shunga o‘xshash holat bo‘lsa kerak. Faqat ularda yozsa bo‘ldi baho qo‘yishaveradi. Bizning maqsadimiz o‘z aditoriyamizga ega bo‘lish va halol daromad topish. Shu dasturimizga kelganda shubha paydo bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘onga yordam bermanglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 168 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar