Ikki hafta ishda bo‘laman
Assalomu alaykum! Men neft gaz tarmog‘ida ishlayman uydan payshanba kun bomdoddan keyin uydan chiqib ikki haftadan keyingi payshanba kuni shomni vaqtida uyga kirib kelaman ishim boshqa viloyatda ushbu vaqt o‘n to‘rt yarim kunga to‘g‘ri kelyapti. Ishda bo‘lgan paytlarim doim namozlarimni qasr qilib o‘qirdim keyin bir joyda o‘qib qoldim musofir faqat yo‘ldagina namozlarini qasr o‘qiydi manziliga etgach namozlarini to‘liq o‘qiydi degan. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar meni shu paytgacha o‘qigan namozlarimni hukmi qanday bo‘ladi qazosini o‘qiymanmi yoki to‘g‘ri o‘qib kelganmanmi? 2). Birovdan malum muddatga deb qarz olganman shu muddatgacha qarzimni to‘lashga ko‘zim etadi. Bir joyda o‘qib qolgandim qarzi bor odam sadaqa qilmaydi avval qarzini uzadi degandi. Meni holatimda sadaqa qilishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri o‘qibsiz. 15 kecha kunduz turmagan odam ish joyida ham qasr o‘qiydi. 2). To‘g‘ri o‘qibsiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri o‘qibsiz. 15 kecha kunduz turmagan odam ish joyida ham qasr o‘qiydi. 2). To‘g‘ri o‘qibsiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar