O‘z din vakillariga ishlash

Assalomu alaykum, Shayx Hazratlari! O‘zimni holatimga o‘xshash savol-javobni o‘qidim, lekin meni holatim boshqachroq: Ishim yahudiy oilasida, katta yoshdagi bir kishiga qarash. Ishim davomida uni sinegog(yahudiylar sig‘inadigan joy)ga olib boraman va o‘zim o‘shaning ichida o‘tirib turaman toki u tugatguncha, borishda uning sig‘nishi uchun kerak narsalarini elkamga osib olib boraman, ish davomida kitoblarini olib berishga to‘g‘ri keladi, Juma kuni kumush shamdonlarini ba‘zida yaltiratishga berishadi menga, Jumada ularga Shanba kuniga tayyorlanishda ba‘zida yordam beraman. Men bu ishlarni ma‘qul deb yurardim, ammo birdan ko‘nglimda shubha paydo bo‘lib qoldi. Ishimdagi yaxshi tamonlari: namozlarimni o‘z vaqtida o‘qish, ilm olish, Juma namoziga chiqish imkoniyati bor, Alhamdulillah! Shu ishim joizmi yoki yo‘q? Tashakkur! Alloh sizdan rozi bo‘lsin, Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa ish toping.

7 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 154 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar