Ruhiyatni chiniqtirish
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlarimiz In sha Alloh hamma ibodatlarni qilishga harakat qilaman. Zikrlarniyam ko‘paytirib kelmoqdaman, lekin ko‘nglim to‘lmayapti. Ichimdan bir narsa yuragimni ezganday nuqul tushkun kayfiyatdaman. Iloji bo‘lsa maslahat beringlar, yana qanaqa ibodatlar qilsam ko‘nglim orom topadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson tushkun kayfiyatda ham ibodatda bardavom bo‘lsa, uni maqsadga etishishi osonroq bo‘ladi. Buni tasavvuf tilida “Qabz” deyiladi. Bu narsa uzoq davom etmaydi. Keyinchalik qalb ochilib, orom ola boshlaydi. Buni “Bast” deyiladi. Unga etishishning sharti ibodatda bardavom bo‘lishdir. Alloh taolo “Sharh” surasida marhmat qiladi : فَإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا إِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا 5. Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Arab tili qoidasiga binoan, bir «aliflom»i bor so‘z (al-usru) ikki marta takrorlansa, bir narsani ifoda etar ekan. Ammo «alif-lom»i yo‘q so‘z (yusron) ikki marta takror bo‘lsa, alohida ikki narsani ifoda etar ekan.
Shu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi ikki oyatning umumiy ma’nosi: «Bir qiyinchilikdan so‘ng ikki osonchilik bor», degani bo‘ladi. Bu ma’noda ko‘pgina hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi mo‘min kishini sabrli, qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Qiyinchilik paytida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka, balki sabr bilan harakat qilishga va Alloh taolodan engillik kutishga undaydi.
Alloh taolo yuqoridagi oyatlarda O‘z Payg‘ambariga bergan ne’matlarini eslatib bo‘lib, endi shukr etishga, ibodat uchun harakat qilishga va faqat Alloh taoloning O‘ziga rag‘bat qilishga undaydi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 143 | Ruhiy tarbiya