Ota-onaga quloq solamanmi?

Assalomu alakum! Ota ona o‘g‘il farzandini uylab qo‘yish farz emas. Lekin kelin tallayotgandachi? Misol uchun shariat doirasida amal qilishga harakat qiladigan, mendan biroz uzoqroqda qo‘shni qiz bor. Agar men ota onamga o‘sha qizni jufti halol qilmoqchiman desam, ota onam unamasa u holda ham ota onamga quloq solamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda ota-ona farzandining dunyo va oxiratini obod bo‘lishiga haris bo‘lgani uchun ham bu borada maslahat qilishga harakat qilinadi. Agar ular dindan uzoq bo‘lib, faqat dunyoni o‘ylab oxiratni nazardan chetda qoldirayotgan bo‘lsalar, bu borada ularga itoat qilinmaydi. Nikohsiz u qiz bilan gaplashishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 125 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar