Ziyoratgohda qilingan qurbonlik
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahli din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan Alloh ajrini ko‘paytirib bersin. Odatda savol berishimdan oldin so‘rab-surishtirib, javobdan qoniqmasam sizlarga murojaat qilaman. Izlashdan xam topaolmadim yoki noto‘g‘ri qidirdim. Kundalik savol-javoblaringizni o‘qib boraman. Men uyda yo‘qligimda tanishlarim Sulton bobo qabristoni (ziyoratgohi)da qurbonlik go‘shtdan tashlab ketishibdi. Men bunday go‘sht harom bo‘ladi deb tashlab yubordim. Bu ishim to‘g‘ri bo‘ldimikan deb ilm ahlilaridan so‘rab ko‘rdim. Ular so‘yilgan go‘sht niyatga bog‘liq «Alloh uchun deb so‘yilgan bo‘lsa, halol» dedi. Boshqasi esa harom dedi. Agar haqiqatdan qurbonlik ziyoratgohda «Alloh uchun» deb so‘ylsa uni iste’mol qilsa bo‘ladimi. Agar niyatdan «Alloh uchun» deyilsa barcha insonlar ziyoratgohda qurbonlik qilsa bo‘laveradi degan hayolga borib, Qurbon Hayitini ham ziyoratgohlarda nishonlamaydilarmi? Bunday go‘shtlarni iste’mol qilish bo‘yicha biron ko‘rsatma yoki hadislar bormi? Oldindan Sizlardan uzr so‘rab, minnatdorchilik bildiraman. Alloh Sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar haqiqatda Alloh uchun deb so‘yilganida edi, aynan o‘sha joyga olib borib so‘yishga hojati yo‘q edi. Siz to‘g‘ri qilgansiz. Avliyoullohning qabriga yoki Alloh taolodan o‘zgaga atalgan nazr bajarilsa, nazr qilingan narsa harom bo‘ladi, uni iste’mol qilish joiz bo‘lmaydi. Agar nazr qilingan narsa o‘z holatida turgan bo‘lsa, tavba qilib, uni ortga qaytarib olish mumkin. Agar nazr qilingan narsa biror hayvon bo‘lib, hali so‘yilmagan bo‘lsa, tavba qilib, uni ortga qaytarib olish mumkin. Bunday holatda nazr qilingan jonliq Allohning nomi bilan, ya’ni «Bismillahi, Allohu akbar» deb so‘yilsa ham, uni eyish halol bo‘lmaydi. Bu haqda Mujaddidu alfi soniy Imom Rabboniy rahmatullohi alayh o‘zlarining uchinchi daftar, 41 maktubotlarida shunday yozganlar: «Fiqhiy rivoyatlarda ulug‘larning nomiga atalgan jonliqni qabr ustiga olib borib so‘yish shirk ishlar qatoriga kiritilgan va bundan saqlanish lozimligi qattiq ta’kidlangan. Ushbu jonliq jinlarga atab so‘yilgan jonliq hisoblanadi. Bu ish shar’an taqiqlangan, shirkka oid amallardandir» deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom