Boshqa dindagi tanishlar

Assalomu alaykum! Meni boshqa dindagi do‘stlarm bor ular ko‘p mehmonga chaqirishadi. Birga o‘tirib ovqatlanamiz, ovqatlanishdan oldin ular Iso nomi bilan deb shu began ne’matlarga Allohga shukur deb duo qilishadi. Ko‘pincha menga sen duo qil deb ham turishadi. Shunaqa paytta duo qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ularning taomidan eyishdan avval taomlaridagi go‘shtlarini surishtirib oling. Agar Allohning ismlaridan biri aytib so‘yilmagan hayvon go‘shti yoki islom shariati harom qilingan narsalar qo‘shilgan bo‘lsa eyishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 146 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar