savolim jiddiy

assalomu alaykum hurmatli shayx janoblari. qiz bola bulaturib shunaq savol berganimga 1000 bor uzr suriman. man hozirda usada emas balkim malayziyada yashiman. shu erda toshkentlik bola bn tanishib qoldim. u meni qulimni suradi. biz unashtirilganmiz desak ham buladi. nafs va shayton sabablik bazi noqulay vaziyatlarga duch kelganmiz. lekin men hali ham qizlik iffatidaman. uydagilar tuyni chuzishmoqchi senga hali vohli yana yuq qara dishvotti. lekin men uz va uz nafslarimizni qanday tiyaylik. qilgan ishlarimizga tavba qilish un nima qilish kk. savolim andishasiz ekanidan uzr surayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shariatda sharm yo‘q. So‘ragan yaxshi. Iffatni saqlash sharaf. Uydagilarni nikohlanib olishga ko‘ndirish kerak. O‘zlaringiz imkon topa olasalaringiz ularga gapi o‘tadigan kattaroq kishilar yordam berib ularni ko‘ndirsin. Dabdali to‘y qilish shart emas. Nikohni e’lon qilishga etarli narsa bo‘lsa bo‘ldi. Hozirgacha bo‘lib o‘tgan gunohlardan tezda tavba qilish kerak. U ishlarga nadomat qilish bilan birga takrorlamaslikka azmu qaror lozim. Ikkingiz yolg‘iz qolmaslikka harakat qilinglar. Ro‘za tutinglar. Nikohsiz ikki jinsdagi kishilarning yolg‘iz qolishlari ham gunoh.

27 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar