Ayollar oyoq ko‘rinadigan oyoq kiyim kiyishlari

Assalomu alaykum! Bizning mazxabda ayollarga qo‘l va yuzni ochishga ruxsat berilganini bilamiz. Lekin oyoqning to‘piqdan pastki qismichi? Ba’zi joylarda, to‘piqning yarmisidan pasti avrat emasligini o‘qiganman. Savolim: oyoqning to‘piqdan pastki qismi avrat hisoblanadimi? Oyoq ko‘rinadigan oyoq kiyimlar kiyish joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida avrat emas, fitnaga solish ehtimoli bo‘lgan o‘rinlarda yopib yurish tavsiya qilinadi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 142 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar