Ahli kitob

Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, ahli kitob so‘ygan hayvon halol bo‘lishini bildik. Hozirgi kunda kimlar qaysi sifatlari bilan ahli kitob sanaladilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ahli kitoblarning hamma so‘yishlari ham halol bo‘lavermaydi. Qachon faqat Alloh taoloning ismlaridan birortasini zikr qilib so‘ysagina halol bo‘ladi. Zikr qilingani ma’lum bo‘lmasa ham halol bo‘lmaydi. Yahudiy va nasorolar ahli kitob sanaladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:30 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar